Farzandlari bilimli, iste’dodli, o‘zining kuchi va salohiyatiga ishonib, oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli, albatta, yorug‘ bo‘ladi, dedi prezident yoshlarga yo‘llagan tabrigida. Davlat rahbari yoshlarni shunday tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishga va’da berdi.
O‘zbekiston prezidenti Yoshlar kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, ularning bir guruhini “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi. Yoshlar orasida talabalar, o‘qituvchi, yozuvchi, shifokor, sportchi, tadbirkor, san’at vakillari va boshqalar bor.
30-iyun O‘zbekistonda Yoshlar kuni nishonlanadi. Toshkent shahri hokimligi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar uchun bu kunda avtobuslar bepul xizmat ko‘rsatishini e’lon qildi.
Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zlagan nutqida «bag‘rikeng, tanti, qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‘tayotgan qoraqalpoq xalqini e’zozlashini» ta’kidladi. «Mehr va g‘urur bilan aytaman, men nafaqat O‘zbekiston, Qoraqalpog‘istonning ham farzandiman», — dedi prezident.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting